Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlardan yasalgan, davlat daromadiga ötkazilgan va berilgan boyliklarni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan «Fonon» davlat ilmiy-işlab çiqariş korxonasiga sotiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori e'lon qilindi.
Hujjat bilan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlardan yasalgan, davlat daromadiga ötkazilgan va berilgan boyliklarni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan «Fonon» davlat ilmiy-işlab çiqariş korxonasiga sotiş tartibi töğrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga moddiy-texnik bazani ta'minlaş, şuningdek, boyliklarni saqlaş, taşiş, sotiş va Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligidan ekspertlarni jalb qiliş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş maqsadida sotilgan boyliklar qiymatining 2 foizini maxsus hisob raqamiga yönaltirişga ruxsat berildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Olib qöyilgan va davlat daromadiga ötkazilgan boyliklardan samarali foydalanilişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida» 2013 yil 5 iyundagi 156-son qarorining 1-va 2- bandlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.
Nizomga köra, qimmatbaho metallar deganda - oltin, kumuş, platina hamda har qanday tur va holatdagi, şu jumladan xomaşyo, qotişmalar, zargarlik buyumlari va boşqa buyumlardagi, işlab çiqariş parçalari va çiqindilaridagi platina guruhiga oid (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy, osmiy) metallar;
qimmatbaho toşlar - tabiiy olmoslar, brilliantlar, la'llar, zumradlar, sapfirlar va aleksandritlar;
yarim qimmatbaho toşlar - sirkoniy, fianit, oniks (aqiqning taram-taram turi), korall (marjoy), akvamarin, yaşma, sun'iy yoqut, opal, qahrabo, yoqut, turmalin, ametist, berillar guruhi, malaxit, topaz, nefrit, tanzanit, agat, feruza, gematit, kon billuri, kvars, lojuvard, xrizopraz;
boyliklar - qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toşlar hamda tabiiy marvaridlar tuşuniladi.
Boyliklarni (arxeologik va muzey buyumlari yoki muzey kolleksiyalari hamda boşqa madaniy qiymatga ega bölgan boyliklardan taşqari) «Fonon» DIIÇKga sotiş uşbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema böyiça şartnoma asosida, tölovni töliq oldindan tölaş şartlarida milliy valyuta (söm)da quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
















