Şvetsiyadagi sud Stokholmda sodir bölgan va beş kişining umriga zomin bölgan hujumda ayblanayotgan Özbekiston fuqarosini sudga qadar hibsda saqlaş muddatini uzaytirdi. Stokholm tuman sudining 23 noyabr kuni ma'lum qilişiça, 39 yoşli Rahmat Oqilov 21 dekabrga qadar qamoqda böladi.

Tergovçilarning fikriça, Oqilov içimlik yetkazişga möljallangan yuk maşinasini öğirlab, 7 aprel kuni uni Stokholm markazidagi odamlar ustiga haydab borgan. Sud bayonotida aytilişiça, Oqilov prokurorlarning hibsda saqlaniş muddatini uzaytiriş böyiça talabiga qarşi çiqmagan. U terrorizmda gumonlanmoqda.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning 14 aprel kuni rasmiy Toşkent Stokholmdagi teraktni sodir etgan Rahmat Oqilov IŞID a'zosi bölganini tasdiqladi. Bu haqda Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida ma'lumot bergan.