Rossiyaning Beloyarskiy şahrida boks böyiça «Neft mamlakatlari kubogi»da dastlabki ğolib nomi aniq böldi.
Özi uçun butunlay yangi vazn toifasi — 52kg.ga vaznda janglarda iştirok etgan özbekistonlik Hasanboy Dösmatov hal qiluvçi final jangini rossiyalik Rasul Jaayevga qarşi ötkazdi. Oltin medal uçun bölib ötgan jangda özbekistonlik boksçi töliq ustunlikka erişdi va yakunda turnir ğolibiga aylandi.
Eslatib ötamiz, şu kunga qadar Dösmatov -49kg vazn toifasida janglarda iştirok etardi. Rio Olimpiadasida ham aynan şu vaznda çempionlik unvonini qölga kiritgan.
Bugun turnirda yana tört nafar özbekistonlik boksçi final janglarini ötkazadi. Barça janglar rossiyalik boksçilarga qarşi ötadi. 64kg.gaça vaznda Iqboljon Xoldorov - Grigoriy Lizunenko bilan, 75kg.ga vaznda Isroil Madrimov Andrey Kovalçuk bilan oltin medallar uçun jangga çiqadi. Yana bir final uçraşuvida esa Sanjar Tursunov (-91 kg) yana bir mezbon sportçi Vasiliy Zveryanga qarşi ringga kötariladi.
















