YouTube videoxostingida Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tomonidan yozilgan «Kuzgi vals» qöşiğiga suratga olingan klip paydo böldi.
Qöşiq Rossiyaning «Glavnaya stsena» şousi finalçisi Qayrat Primberdiyev tomonidan, estrada orkestri jörligida ijro etilgan.
24 noyabr kuni prezidentlik lavozimidan ketgan Almazbek Atamboyev özining ilk klipini 2016 yilning iyulida taqdim etgandi. U davlat rahbari lavozimidan ketganidan söng ijodiy faoliyat bilan şuğullaniş niyatida ekanini aytib ötgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston tomoni «Atamboyev ruhiy kasal va piyonista» ekanini ma'lum qilgandi.
















