Saudiya Arabistoni podşohligiga yetakçi da'vogarlardan biri sanalgan va korrupsiyaga qarşi suriştiruv işlari doirasida qölga olingan şahzoda Mutayib bin Abdulla 1 mlrd dollar evaziga ozodlikka qöyib yuborilgan. Bu haqda Reuters Saudiya Arabistonidagi amaldorga tayangan holda xabar bermoqda.

Şuningdek amaldorning ta'kidlaşiça, yana uç kişi hukumat bilan «kelişuvga» erişgani tufayli ozodlikka qöyib yuborilgan.

Avvalroq valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud The New York Times’ga bergan intervyusida Saudiya Arabistonida korrupsiyada ayblangan şahzodalar va milliarderlarning aksariyati öz mablağlarining bir qismini ozodlikka çiqiş evaziga berişga rozi bölişgani haqida aytib ötgandi.