Özbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi va Toşkent şahar IIBB Yöl-harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida joylaşgan Yöl-harakati xavfsizligi boşqarmasiga qaraşli 2-diagnostika stansiyasi yonida ötkazilgan tezkor tadbir natijasida, avtotransport vositalarining qayd etiş guvohnomasiga texnik körikdan ötganlik haqida muhr qöyiş bilan şuğullanayotgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

1975 yilda tuğilgan A.R. fuqarolardan 150000 sömdan olib, jinoiy şerigi 1974 yilda tuğilgan muqaddam sudlangan A.D. bilan birgalikda, A.D.ning xonadonida avtotransport vositalarining qayd etiş guvohnomasiga “texnik soz” yozuvli qalbaki muhrni bosib, imzo qöyiş bilan şuğullanib kelişgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.R. va A.D.larga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.