Axborot texnologiyalarini işlab çiqiş va tatbiq etişni qöllab-quvvatlaş innovatsiya markazi - «Mirzo Ulugbek Innovation Center»da rahbariyatida özgarişlar amalga oşirildi.
Farxod Ibrohimov «Mirzo Ulugbek Innovation Center»ning yangi direktori böldi. Ibrohimov, bunga qadar Özbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qömitasining «Kompyuterlaştiriş va geoaxborot texnologiyalarini joriy qiliş va rivojlantiriş markazi» DUK rahbari edi.
Yangi direktorning asosiy vazifalaridan biri sohada biznes muhitini yaxşilaş orqali axborot texnologiyalarini rivojlantiriş va IT-sanoati mahsulotlari eksportini köpaytirişdan iborat böladi.
Inovatsiya markazini Ibrohimovga qadar boşqargan Xurşid Sultonov «Mirzo Ulugbek Innovation Center»da öz işini davom ettiradi. U Markazning oliy ta'lim maskanlari bilan aloqalarini boşqaradi.












