Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemon 21 dekabr kuni parlamentda muxtoriyat mustaqilligi böyiça referendumning ikkinçi turi ötkazilişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda El Pais xabar tarqatdi.

«Biz davlatimizni,  davrni özgartirişimiz kerak. Bu davlat hamon XX yoki XIX asrda yaşamoqda, uni XXI asrga moslaşimiz kerak», — degan Puçdemon öz murojaatida.

Bunda avvalroq Puçdemon Belgiyadagi boşpanasidan turib saylovoldi kampaniyasi boşlagani haqida xabar berilgandi.

1 oktabr kuni ötkazilgan Kataloniya mustaqilligi böyiça referendumdan keyin Puçdemon Belgiyaga qoçib ketişga majbur böldi. Ispan sudi Puçdemonni hibsga olişga order bergan, u Yevropada qidiruvga berilgan, ammo Belgiya hukumati uşbu siyosatçi va 4 hamrohini ozodlikda qoldirişga qaror qildi. Ayni vaqtda Puçdemon Bryuggeda vaqtinça qarorgohda yaşamoqda.