Jahon | 00:47 / 03.12.2017
6156
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada shtorm oqibatida 20 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

SS0 Public Domain

Shri-Lankada shtormdan ogohlantirish e'lon qilindi. Shtorm oqibatida 20 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, ko‘plab uylar vayron bo‘lgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

“Arabiston dengizi uzra “Okxi” tropik sikloni o‘tayotgani sababli Shri-Lankada, Hindistonning Kerala, Tamilnad shtatlarida, Lakshadvip orolida shtormdan ogohlantirish e'lon qilindi. 21 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi bedarak yo‘qolgan”, deb ma'lum qilindi xabarda.    

Ma'lum qilinishicha, Shri-Lanka va Hindistonga “Okxi” sikloni yopirildi. Tsiklon o‘zi bilan birga kuchli yomg‘irlar, shamol, ko‘chkilar olib keldi. Qutqarish ishlari olib borilmoqda, unda harbiylar ham ishtirok etmoqdalar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid