Bugun, 4 dekabr kuni Vebster universitetining vitse-prezident Piter Maxer boşçiligidagi delegatsiyasi Toşkentga keldi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati.

Taşrif maqsadi – Özbekiston tomoni bilan Toşkent şahrida Vebster universiteti filialining oçilişiga boğliq bölgan texnik, yuridik va moliyaviy masalalarni muhokama qiliş, hamda uni yangi öquv yili – 2018 yilning sentabridan faoliyat körsatişni boşlaşi haqida kelişuvga erişiş.

Toşkentda AQŞ oliy ta'lim muassasasining birinçi filialini oçiş böyiça Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vebster universiteti örtasidagi tegişli kelişuv Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka sentabr oyida amalga oşirgan taşrifi doirasida bölib ötgan Özbekiston-Amerika biznes-forumi yakunlari böyiça imzolandi.

Vebster universiteti delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi dasturidan Oliy va örta maxsus, Maktabgaça ta'lim, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirliklarida qator uçraşuvlar ötkazilişi közda tutilgan. Muzokaralar çoğida tomonlar Özbekistonda Vebster universiteti filiali faoliyatining taşkiliy-huquqiy jihatlarini muhokama qiladilar, şuningdek taşkil etilayotgan oliy ta'lim muassasasining öquv dasturlarini muvofiqlaştiradilar.

Rejalarga köra, Vebster universiteti filialida özbekistonlik talabalar «Axborot texnologiyalari», «Axborot xavfsizligi», «OAV rivojlanişi», «Biznes», «Tabiiy fanlar» va «Pedagogika» kabi ta'lim yönalişlarida bakalavr hamda magistr darajasini olişlari mumkin böladi. Darslar Amerika oliy ta'lim muassasasi professorlari va mahalliy öqituvçilarni jalb etgan holda ingliz tilida olib boriladi.

Vebster universiteti 1915 yilda Missuri ştatidagi Sent-Luis şahrida taşkil etilgan. U 7 ta xalqaro filialga ega - Şveytsariya, Avstriya, Gretsiya, Hollandiya, Xitoy, Tailand va Gana. 2017 yildagi Amerikaning eng yaxşi universitetlari reytingida 24-örinni egalladi.