3 dekabrdan 4 dekabrga ötar keçasi Yer aholisi «Super Oy»ni kuzatişga muvaffaq böldi. Yerning yöldoşi maksimal darajada yaqin masofaga keldi va odatdagidan ança ulkan körindi.
«Super Oy» odatdagi Oydan 30 foizga yorqin va 14 foizga kattaroq körinadi. Bundan taşqari tölin Oy odatda töq sariq rangda böladi.
Bu safar Yerning yöldoşi 358 499 kilometrlik masofaga yaqinlaşdi – bu odatdagidan 26 ming kilometrga yaqinroqdir.
Ötgan yili esa Oy Yerga 1948 yildan beri ilk marta eng yaqin masofaga kelgan, hamda keyingi safar bunday hodisa faqatgina 2034 yilning 25 noyabr kuni yuz beradi.
NASA yakşanba kungi hodisani «superoy trilogiyasining» birinçi qismi deb atadi, sababi fenomen uç hodisaga çöziladi. Oyning Yerdan minimal masofada bölib turganida yana ikkita şunday hodisa kuzatilişi mumkin: 2 va 31 yanvarda.
Dunyoning turli çekkalarida uşbu hodisa tasvirlarga muhrlangan.

Buffaloda superoy körinişi, Nyu-York ştati

Uitbi abbatligi, Buyuk Britaniya

Marsel, Fransiya

Ronda şahridagi Puente-Nuevo köprigi, Ispaniya

Neypido, Myanma





















