Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil — biznes ombudsman 28 noyabrdan 2 dekabr kuniga qadar Farğona, Andijon, Namangan viloyatlarining barça tuman va şaharlaridagi tadbirkorlar bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Uçraşuvlarda tadbirkorlik sub'yektlari bilan bir qatorda viloyat hokimligi, prokuraturasi, adliya boşqarmasi va boşqa davlat boşqaruvi va nazorat qiluvçi idoralar xodimlari iştirok etdi.
Uçraşuvlar oçiq muloqot tarzida ötkazilib, unda iştirok etuvçi tadbirkorlar öz muammolari va faoliyatlarini yanada rivojlantiriş uçun zarur yordamlar yuzasidan Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilga töğridan töğri murojaat etiş imkoniyati yaratib berildi.

Tadbirkorlardagi mavjud muammolarni joyida hal etiş yuzasidan çoralar körildi, ayrim masalalar yuzasidan tegişli davlat organlari rahbarlariga körsatma va topşiriqlar berib, ularni alohida nazoratga oldi.
Şuningdek, hududlarda Adliya boşqarmalari bilan hamkorlikda aholini tadbirkorlikka keng jalb qiliş, röyxatdan ötişda yanada qulayliklar yaratiş maqsadida joylarda sayyor röyxatdan ötkaziş işlari taşkil etildi.
















