Ukraina Boş prokuraturasi Odessa oblasti sobiq gubernatori va “Yangi kuçlar harakati” partiyasi yetakçisi Mixail Saakaşviliga Jinoyat kodeksining uç moddasi böyiça qözğatilgan jinoiy işni tergov qilmoqda. Bu haqda mamlakat boş prokurori matbuot kotibi Larisa Sargan xabar berdi.
"Saakaşvili qidiruvga e'lon qilindi. Uni Ukraina Jinoyat kodeksining 15-, 28- va 256-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oşirişda gumonlaşmoqda. Qidiruv Milliy politsiya tezkor bölinmalari va Ukraina Xavfsizlik xizmatiga topşirildi", - deya yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Gap "Jinoyatga suiqasd qiliş", "Şaxslar guruhi tomonidan jinoyat sodir etiş", şuningdek, "Jinoiy taşkilotlar iştirokçilariga kömak körsatiş va ularning jinoiy faoliyatini yaşiriş" moddalari haqida ketmoqda.
Ukraina Xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura xodimlari seşanba kuni Saakaşvilini "jinoiy taşkilotga kömak körsatiş" ayblovi bilan qölga olişdi. Biroq siyosatçining bir neça yuzlab tarafdorlari maxsus xizmatning içida qölga olingan Gruziya sobiq prezidenti bölgan avtomobilini tösib qöyişdi. Keyinçalik ular Saakaşvilini UXX maşinasidan kuç işlatiş yöli bilan çiqarib olişdi. Şundan söng Saakaşvili Oliy rada yonidagi bino oldiga keldi va mitingda iştirok etdi, u yerda mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenko, Boş prokuratura va UXX rahbariyatini iste'foga çiqariş, şuningdek, parlamentda impiçment töğrisidagi qonunni körib çiqiş borasidagi talablarini ma'lum qildi.
Avvalroq Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko Saakaşvili mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçga yaqin bölgan odamlar, "birinçi navbatda Sergey Kurçenko" bilan hamkorlik qilgani haqida ma'lum qildi. Mahkama ma'lumotiga köra, Saakaşvili safdoşlari mamlakatda hokimiyatni egallab olişni taşkillaştiriş uçun taxminan 500 ming dollar olişgan. Keyinçalik Lutsenko Saakaşvilini tergovdan qoçgan inson deb e'lon qildi va undan 24 soat davomida huquqni muhofaza qiliş organlariga köngilli ravişda kelişni talab qildi. Mahkama siyosatçini qidiruvga ham bergan.
Çorşanba kuni ertalab huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari Saakaşvilini qölga olişga yana bir bor urinişdi, u Oliy rada yonidagi bino oldida joylaşgan çodirlar lagerida bölgan. Biroq siyosatçining tarafdorlari buni qilişga imkon berişmadi. Ayni damda hukumat kvartalida politsiyaning kuçaytirilgan naryadlari xizmat olib bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saakaşvili Poroşenkoga murojaat qilgani xabar berilgandi. U Pyotr Poroşenkoni provokatsiyalarni töxtatişga çaqirdi.














