Saudiya podshohi AQShning o‘z elchixonasini ko‘chirishiga munosabat bildirdi
AQShning al-Quds shahri maqomiga nisbatan har qanday qarori Falastindagi ziddiyat batamom hal etilmasdan qabul qilinar ekan, tinchlik muzokaralariga ziyon yetkazadi. Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida shunday bayonot berdi.
Oq uy rahbari AQShning Tel-Avivdagi elchixonasini al-Quds shahriga ko‘chirish qarori haqida Falastin yetakchisi Mahmud Abbos va Iordaniya podshohi Abdulloh II bilan o‘tkazgan telefon muloqotida ma'lum qilgan.
"Yakuniy hal qilinmasdan avval AQShning al-Quds maqomiga doir har qanday qarori tinchlik muzokaralariga ziyon yetkazadi va mintaqada keskinlikni oshiradi", — degan Saudiya podshohi muloqotda.
Uning uqdirishicha, "Saudiya Arabistoni Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagan va qo‘llab-quvvatlashni hamda uning tarixiy huquqini himoya qilishni davom ettiradi".
Saudiya podshohining ogohlantirishicha, "bu xavfli qadam bo‘lib, al-Quds shahri Al Aqso masjidi ahamiyatli hisoblanuvchi butun dunyo musulmonlarining hissiyotlarini junbushga keltiradi".
Oq uy vakilining 4 dekabr kuni bergan bayonotiga ko‘ra, AQSh yaqin kunlarda al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oladi. Falastin tomoni, shuningdek, Yaqin Sharqdagi qator mamlakatlar bu arab-isroil mojarosiga olib kelishi va mintaqadagi vaziyat beqarorlashishini bildirishdi. Turkiya prezidenti Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzish bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024