Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili Ukraina maxsus xizmatlaridan qoçişga urinib uyining tomiga çiqib olgani memlarga aylandi.
Kiyev markazida namoyişlar taşkillaştirgan va Ukraina prezidenti impiçmentini talab qilayotgan siyosatçi maxsus xizmatlardan qoçib, 8 qavatli uyning tomiga çiqib olgan va pastga sakraş bilan tahdid qilgan. Biroq u uşlangan. Saakaşvilining uşlanişi videosi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining hazil-mutoyibalariga sabab böldi.
Ba'zi foydalanuvçilarga uşbu videoga “Benni Xill şousi” komedik dasturining musiqasi ideal töğri keladigandek tuyulgan.
— Colton Orr (@Coltonorr86) December 5, 2017
Tom böylab qoçmoqçi bölgan Saakaşvili kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobarga ham qiyoslandi. Bir vaqtlar dunyoning eng qudratli narkobaroni hisoblangan Eskobar 1993 yilda Medelinda maxsus xizmatlardan tomlar böylab qoçiş vaqtida mergan tomondan otib öldirilgan.
Biroq köp hazillar “tomda yaşovçi Karlson” bilan boğlandi.
Fotofakt. Saakaşvili uxodit ot spetsnaza pic.twitter.com/EPp99IM2Pi
— Şariy.net (@sharijnet) December 5, 2017
#Saakaşvili, kotoryy jivet na kryşe pic.twitter.com/G3OmUyA9fR
— Andrew Smirnoff (@spear2) December 5, 2017
Saakaşvilini qölga olişda Ukraina xavfsizlik xizmatining 10 dan köproq xodimi iştirok etdi. 5 dekabrda ular Saakaşvilining uyiga tintuv ötkazgani kelişganda, siyosatçi qoçib, uyi tomiga çiqib olgan. Keyinroq Saakaşvili uşlanib, olib ketilmoqçi bölganda, uning tarafdorlari u ötqazilgan avtomobilni tösib olib, uning ozod qilinişiga erişişgan. Şundan keyin Saakaşvili tarafdorlari bilan birga Oliy rada binosi tomon yöl olgan.














