Ukraina politsiyasining önlab xodimlari çorşanba tongida parlament yaqinida norozilik aksiyasi uyuştirgan namoyişçilar örnatgan palatkalalar böylab Mixail Saakaşvilini qölga oliş uçun muvaffaqiyatsiz urinişni amalga oşirdi. Bir kun oldin palatkadagilar siyosatçini politsiyadan qutqarib olgandi va Saakaşvili ular bilan şu yerga kelgandi.
Saakaşvili keyinroq politsiya uni boşqa palatkalardan qidirgani, siyosatçi bilan muşuk-siçqon öyinida xuddi 3 oy ilgari Polşa-Ukraina çegarasida bölgani kabi kulgili holatga tuşib qolişgani haqida gapirdi.
Saakaşvili bilan boğliq maşmaşalar ğarbparast Kiyev rahbariyatini noqulay holatga tuşirgan. Bu siyosatçi prezident Petro Poroşenkoni lavozimdan ketkaziş uçun harakat qilmoqda va hukumat uni şu tufayli qölga olmoqçi.
Politsiyaning tonggi reydi vaqtida aksiya iştirokçilari bilan töqnaşuvlar röy bergan. Bu töqnaşuv oqibatida 4 nafar politsiyaçi va öndan ortiq muxolifatçi jabrlangan.
“Faollar qarşilik körsatişdi va huquq tartibot organlari vakillariga provakatsiya qilişdi”, - deyilgan politsiya ma'lumotida. Politsiyaçilar prokuror körsatmasi böyiça harakatlanişganini iddao qilişgan.
5 dekabr kuni boş prokuror Saakaşvilini yana qölga oliş uçun barça çoralar körilişi, u jinoiy taşkilotdagi faoliyatda gumon qilinayotganini aytgandi.
Teleefirda Saakaşvili öz ixtiyori bilan hukumatga taslim bölmasligini takrorladi.
“Men tergovçilar bilan palatkalar şaharçasida uçraşişga tayyorman”, - degan Saakaşvili.
Uni qölga oliş harakatlari Ukrainaning hozirgi hukumati va Saakaşvili örtasida keyingi yilda kelib çiqqan duşmanlik tufaylidir. 2014 yil martidagi voqealardan keyin sobiq prezident Viktor Yanukoviç Rossiyaga qoçib ketgaç, uning örnini Poroşenko egallagan va Saakaşvilini Odessa oblasti gubernatori etib tayinlagandi.
Ammo Poroşenko va Saakaşvili munosabatlari tez orada buzildi. Gruziyaning sobiq prezidenti joriy hukumatni korrupsiyada aybladi va Poroşenkoni hukumatdan ketkaziş uçun harakat boşladi.
Poroşenko esa prokurorlarda Saakaşvili Yanukoviçga aloqador kuçlardan moliyaviy yordam olib, davlat töntarişi urinişga harakat qilayotganini asoslovçi dalillar borligini aytmoqda.
Şu yilning iyulida Poroşenko Saakaşvilini u mamlakatdan taşqarida ekanida Ukraina fuqaroligidan mahrum etgandi.














