6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qildi. Bundan avvalroq u Falastin rahbari Mahmud Abbos va Iordaniya qiroli Abdulla II AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirmoqchi ekani haqida xabardor qilgandi.
Trampning bu qarorini mintaqadagi davlatlar ham, Yevropadagi ittifoqchilar ham norozilik bilan qarshi olishdi, ular bu qaror Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada taranglashtirishi mumkinligidan xavotir bildirishdi.
Quyida ushbu mavzuning asosiy qismlari keltiriladi. Nima uchun shaharning maqomi 70 yildan ortiq vaqtdan buyon aniq emasligiga izoh izlanadi.
Mojaro tarixi
1947 yilning 29 noyabri — BMT Bosh assambleyasi Britaniyaning Yaqin Sharqdagi mandati qismlarga bo‘linishiga va bu hududda yahudiylar hamda arablar davlati tuzilishiga rozilik berdi. Al-Quds (Quddus) BMT nazoratidagi maxsus hudud bo‘lishi kerak edi. Yahudiylar bu rejani ma'qullashdi, arablar qarshi chiqishdi — ular o‘zlariga berilgan hududning hajmi va sifatidan norozi edi.
Jamol al-Husayniy - Arab qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi
1947 yil 24 noyabr — «Agar yahudiylar Falastinning bir parchasini qo‘lga kiritsa ham, zamin olov va qonga botishi kerak».
1948 yil 16 aprel — «Yahudiylar agentligi vakili ular hujum qilmaganini aytdi. Ammo arablar to‘qnashuvga kirishgan. Biz buni inkor etmaymiz. Biz jang qilishimiz haqida butun dunyoga jar solamiz».
1948 yil 14 may — Yahudiylar agentligi raisi David Ben-Gurion Buyuk Britaniya qo‘shinlari chiqib ketgach mustaqil Isroilni boshqara boshlaydi.
1948 yil 15 may — Misr, Suriya va Transiordaniya ittifoqchiligidagi Arab ligasi davlatlari qo‘shini Britaniya qoldirib ketgan hududlarga hujum boshlaydi. Iordaniyalik harbiylar bir yarim yil davomida Quddusga hujum qilishadi va uning sharqiy qismida nazorat o‘rnatishadi.
1948 yil 13 dekabr — Transiordaniya Sharqiy Quddusni bosib oladi. Buni faqat Buyuk Britaniya, SSSR va Pokiston tan oladi.
1949 yil 19 dekabr


















