Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili 8 dekabr keçki payt Kiyevda qölga olinib, vaqtinçalik saqlaş izolyatoriga joylaştirildi. Bu haqda Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko ma'lum qildi.
“Milliy politsiya xodimlari qidiruv haqidagi qarorga köra, Saakaşvilining joylaşgan örnini aniqlab, uni qölga olişdi. U vaqtinçalik saqlaş izolyatoriga joylaştirildi”, deb aytgan Lutsenko.
Uning aytişiça, endi Saakaşviliga nisbatan tergov harakatlari boşlaş hamda unga nisbatan ehtiyot çorasi tayinlaş böyiça sudga murojaat qiliş rejalaştirilmoqda.
Hafta boşida Saakaşvili öz tarafdorlarini Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning öz lavozimidan çetlatilişi uçun “katta kölamli marş” boşlaşga çaqirgandi.
Ukraina maxsus xizmatlari oxirgi kunlar Saakaşvilini ikki marta qölga olişga harakat qilişgan, biroq buning uddasidan çiqa olişmagan. Birinçi holatda uni uyida, ikkinçisida Oliy rada röparasida örnatilgan çodirlar lagerida qölga olişga harakat qilingan.
Avvalroq Ukraina boş prokuraturasi Saakaşviliga nisbatan uç modda: “Jinoyat sodir etişga uriniş”, “Guruh bölib jinoyat sodir etiş”, “Jinoiy taşkilotlar iştirokçilariga kömak körsatiş va ularning jinoiy faoliyatini yaşiriş” böyiça ayblovlar e'lon qilgan.
Saakaşvilining advokati Ruslan Çernolutskiyning ma'lum qilişiça, Saakaşvili izolyatorda muddatsiz oçlik boşlaşini e'lon qilgan.
“U muddatsiz oçlik boşlaşini e'lon qildi, zörlik bilan ovqatlantirişdan ham boş tortmoqda. Agar ehtiyot çorasi sifatida uni 60 kunga hibsga oliş qabul qilinsa, u oçlikni davom ettiradi”, deb aytgan Çernolutskiy izolyator binosi yonidagi çiqişida.














