«Batkivşçina» partiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenkoning ma'lum qilişiça, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning buyruğiga köra qölga olingan. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozdi.

«Men şuni tuşunib turibmanki, Mixail Saakaşvilini boş prokuror, sud, boşqa istalgan huquqni muhofaza qiluvçi tuzilma qamamadi. Uni aynan siz [Poroşenko] qamoqqa taşladingiz», - deya ma'lum qildi Timoşenko.

U Ukraina prezidentidan «özining barça buyruqlarini darhol bekor qiliş» va Saakaşvilini ozod etişni talab qildi. Şuningdek u «butun jahon va öz xalqi köz öngida Ukrainani şarmanda qilmaslikka» çaqirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saakaşvili izolyatordan öz tarafdorlariga murojaat qilgandi. Odessa viloyatining qölga olingan sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili öz tarafdorlarini yakşanba, 10 dekabr kuni norozilik namoyişiga çiqişga çaqirdi.