Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Kiyev şahrining Peçersk tumani sudida özini harbiy asir, deb hisoblaşi haqida ma'lum qildi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar bermoqda.
«Men özimni qölga olingan şaxs deb hisoblamayman. Men özimni harbiy asir, deb bilaman», - deya aytib ötdi siyosatçi.
Kiyev şahrining Peçersk tumani sudi Saakaşviliga ehtiyot çorasi qöllaş böyiça yiğilişni boşladi. Siyosatçining tarafdorlari binoga hujum qilişgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Batkivşçina» partiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenko Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning buyruğiga köra qölga olingani haqida ma'lum qilgandi.














