Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning bayonotiga izoh berdi. Turkiya rahbari öz bayonotida Isroilni «terrorçi davlat» deb atagandi, deya xabar qilmoqda Bi-bi-si.

«Men özining Turkiyasida kurdlarning qişloqlariga bombalar yoğdirayotgan, jurnalistlarni qamoqxonalarga taşlayotgan, Eronga xalqaro sanksiyalarni çetlab ötişda yordam berayotgan va terrorçilarga, jumladan Ğazoda ham heç narsada aybi bölmagan odamlarni öldirişda kömak taqdim etayotgan yetakçidan pand-nasihatlarni eşitişga örganmaganman», - deya aytib ötdi Netanyaxu.

Avvalroq Erdöğan, Turkiyadagi hukmron Adolat va rivojlaniş partiyasi mitingida çiqiş qilib, rasmiy Tel-Avivni falastinliklar tomonidan taşkil etilgan norozilik namoyişlarni politsiyaçilar yordamida bostiriş harakati böyiça aybladi. Xususan, u Falastin Isroil «terrorçi davlati» tomonidan bosib olinganligini ma'lum qildi.

Erdöğanning ta'kidlaşiça, al-Qudsning maqomi musulmonlar uçun «qizil çiziq» bölib qoladi. Şuningdek, u Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzişi mumkinligi bilan ogohlantirdi. Bundan taşqari, uning ma'lum qilişiça, al-Qudsni, uning sözlariga köra, «bolalarni öldirayotgan» mamlakatga bermaydi.

Turkiya va Isroil tölaqonli diplomatik munosabatlarni faqatgina ötgan yili tikladi, bu Anqara isroillik harbiylar harakatiga qarşi protest sifatida öz elçisini çaqirtirib olganidan olti yil ötib röy berdi. Isroilliklar öşanda Ğazo sektori dengiz blokadasini yorib ötmoqçi bölgan Turkiya kemasini töxtatib qolişgandi.

Eslatib ötamiz, AQŞ prezidenti Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan oliş böyiça qarori ötgan haftaning çorşanba kuni e'lon qilindi hamda darhol keskin tanqidga uçradi.

Al-Qudsda musulmonlar, yahudiylar va xristianlarning köplab muqaddas joylari bor. 

Isroil davlati taşkil topganidan beri al-Qudsni öz poytaxti sifatida körib keladi. Falastinliklarning fikriça esa, Isroil tomonidan 1967 yilda bosib olingan şarqiy al-Quds ularning davlati poytaxtiga aylanişi lozim.

Avvalroq Falastin AQŞ al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olgani tufayli xalqaro sudga murojaat qilişi xabar berilgandi.