9 dekabrda Toşkentning Çilonzor tumanida sayyohlik namoyişi obekti – yölga çiqayotgan karvon va ramziy quduq körinişidagi installyatsiya oçilişi marosimi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş Davlat qömitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Uşbu installyatsiya ğoyasi asosiy qismi Özbekiston hududidan ötgan Buyuk Ipak yölini aks ettirişdan iborat. 

Uşbu obekt yangi işlab çiqilayotgan sayyohlik yönalişlariga kiritiladi. Marosimda iştirok etgan xorijlik sayyohlarning fikriça, karvon va quduq Ipak yöliga xoslikni töliq aks ettiradi va şubhasiz, Özbekistonga keluvçi xorijliklar orasida ommalaşadi.

Foto: KUN.UZ

Qayd etib ötiş joizki, ayni vaqtda Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş Davlat qömitasi Çilonzor tumani hokimiyati bilan birgalikda tumanda kiçik sayyohlik klasterini yaratiş böyiça işlarni boşlab yuborgan. Jumladan, Yu.Gagarin köçasini sayyohlar şoping qilişi, tamaddi qilişi va köngil yozişi mumkin böladigan maxsus sayyohlik köçasiga aylantiriş rejalaştirilgan.

Bu loyiha doirasida brend dökonlar, umumiy ovqatlaniş joylari (tematik restoranlar, art-kafelar, qahvaxonalar), suvenir dökonlari, hunarmandlar ustaxonalarini oçiş rejalaştirilgan. 

Foto: KUN.UZ

Şunday işlar qömita tomonidan Mirzo Uluğbek va Yunusobod tumanlari hokimiyatlari bilan birgalikda ham olib borilmoqda.