Pekindagi Gugun muzeyi kolleksiyasi bugungi kungaça Yaponiyada saqlanib kelgan, Buyuk Ipak yölining noyob xaritasi bilan töldirildi.

Xarita uzunligi 30,12 metr, eni 0,59 metrlik ipak öramga tuşirilgan. Unda 211 ta oriyentir, jumladan Samarqand ham tasvirlangan. Xaritaga köra, yöl Xitoyning Tszyayuyguan darvozasidan boşlanib, Osiyo va Afrikaning birin-ketin 10 davlati, jumladan zamonaviy Özbekiston, Xitoy, Qirğiziston, Tojikiston, Afğoniston, Eron, Suriya, Iroq, Saudiya Arabistoni va Misr orqali ötib Makkada yakunlanadi.   

Xarita Min sulolasi (1368-1644 yy.) hukmronligi örtalari yoki oxiriga tegişli. Ajablanarlisi, xaritaning yaponiyalik egalari uni peyzaj deb öylaşgan.  Xaritadagi barça nomlar möğulça, forsça va arabçada berilgan. Bu xarita Xitoyning Shimao Group kompaniyasi rahbari Syuy Junmao tomondan 20 mln dollarga sotib olingan va Gugun muzeyiga topşirilgan.

Olimlarning fikriça, xarita töliq emas. Ularning taxminiça, xaritaning dastlabki uzunligi 40 metrni taşkil qilgan. Ayni vaqtda xarita restavratsiya qilinmoqda, deb xabar bergan “Sinxua” axborot agentligi.