Doha va London Qatarga 24 ta köp funksiyali Eurofighter Typhoon qiruvçi samolyotlarini yetkazib beriş böyiça şartnomani imzoladi. Bu haqda Qatar mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
 
Hujjat Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning qatarlik xamkasbi Holid bin Muhammad al-Atiya bilan Dohadagi uçraşuvi vaqtida imzolangan.  

Şartnomada qurol-aslaha, ehtiyot qismlar yetkazib beriş, öqitiş va uzoq muddatli texnik qöllab-quvvatlaş közda tutilgan. 

Tomonlar, şuningdek, Qatarda 2022 yilgi jahon çempionati ötkazilişi vaqtida havo xavfsizligini ta'minlaşda iştirok etadigan qöşma tezkor kuçlarni yaratiş haqidagi kelişuvni imzolaşgan.

7 dekabrda Qatar Fransiya bilan 12 ta Dassault Rafale qiruvçi samolyoti va 50 ta Airbus samolyotini sotib oliş böyiça kelişuvni imzolagandi.