Suriyadagi ixtilof hanuzgaça davom etmoqda, deb aytdi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 dekabrda Suriyaning Hmaymimidagi Rossiya aviabazasiga taşrif buyurdi va Rossiya qöşinlarini Suriyadan olib çiqişni boşlaşga buyruq berdi. Bundan avvalroq Putin Suriyada IŞIDga qarşi uruş töliq ğalaba bilan yakunlanganini e'lon qilgandi.   

“Suriyadagi ixtilof ba'zilar u tugagani ta'kidlaşni istayotgan bölsalar-da, hanuzgaça davom etmoqda. Biz joylarda hali ham janglar borayotgani, tinç aholiga hujumlar qilinayotganini yaxşi bilamiz”, deb aytgan Mogerini Bryusselda jurnalistlarga. Bryusselda Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati taşqi işlar vazirlari uçraşuvi bölib ötmoqda. 

Mogerinining aytişiça, Suriyada uruş yakunlangani va mamlakatdagi vaziyat normallaşişi haqidagi tasdiqlar “afsuski, asosga ega emas”.

“Biz buning yaqin oylarda haqiqatga aylanişini istaymiz va har qanday ijobiy rivojni – xoh deeskalatsiya hududlari, xoh siyosiy muzokaralarda bölsin – aniq harakatlar bilan qöllab-quvvatlaşga tayyormiz”, deb aytgan Mogerini.

Mogerini Yevropa Ittifoqi Jyenevada BMT boşçiligida Suriyadagi ixtilofni tartibga soliş böyiça kelişuvlarga erişilgandan keyingina Suriyani tiklaşga investitsiyalar qilişga tayyorligini ta'kidlab ötdi.