Köpçilik yangi işga ötganda işni nimadan boşlaşni, özini qanday tutişni bilmay qoladi. MDHning eng muvaffaqiyatli faoliyat olib boruvçi HR-direktorlaridan biri Mixail Pritula (12 yildan buyon şu sohada faoliyat yuritadi, undan avval Wargaming, STB, Alfa-Bankda işlagan) "Layfxaker"da şu mavzuga doir tavsiyalari bilan bölişdi.
Xodimlar adaptatsiyasi yoki Ğarb tili bilan aytganda, onboarding mavzusiga köp tadqiqotlar, maqolalar, tavsiyalar va hatto kitoblar ham bağişlangan. Kitob nomlari, statistika, havola va boşqalar bilan boşingizni qotirmay, darhol maqsadga ötaman va HR sohasidagi 12 yillik iş tajribamdan kelib çiqib, bir neça tavsiyalarim bilan bölişaman.
Yangi işga moslaşiş öz-özidan röy bermaydi
Inson qança öz işining ustasi bölmasin, yangi işga örganişi oson keçmaydi. Köpçilik zör professionalni işga olsam, nima qiliş va qanday molaşiş borasida muammolar bölmaydi, deb öylaydi. Bu professionallik belgisi hisoblanadi. Moslaşa olmadimi - demak, profi emas. Keyingisi!
Aslida yangi işga moslaşiş ançagaça çöziladi va yangi xodim 3-6 oydan keyingina jamoaga töliq moslaşadi. Sifatli adaptatsiya bilan bu muddat ikki barobarga qisqaradi.
Foto: Layfxaker
Birinçi kun oson bölmaydi
Şunday qilib, adaptatsiya — juda foydali jarayon ekanini tuşundingiz. Nima qiliş kerak, qayoqqa yuguriş kerak? Tezda xodimlaringizni jamoaga moslaştiriş bilan şuğullanuvçi HR-menejyerni işga yollaş kerak. Eng avvalo esa, tinçlanib oliş kerak. Adaptatsiya muvaffaqiyati 90 foiz birinçi işçi kuniga boğliq va buni rahbarning özi sifatli uddalaşi mumkin. Biroq bunga biroz tayyorgarlik kerak böladi.
Hujjatlar
Bu vaqtga kelib hujjatlar imzolanganiga işonç hosil qiling (xodimlar kompaniya tomonidan hujjatlarning imzolanişi çözilişini yoqtirişmaydi). Imkoni bölsa, buni oldindan tayyor qilib qöyiş kerak.
Masalan, STBda biz tayyor anketani nomzodga yöllardik, u anketadagi savollarga javob yozib, bizga jönatardi. «1S»da barça şartnomalarimiz joylanar edi, biz nomzod anketasini öşa yerga yuklab, 5 daqiqada barça hujjatlarni çop etardik. Şunda kadrlar böyiça xodim nomzodning anketa töldirişini kutib ötirişiga hojat qolmasdi.
Mavzuga oid
Preply'da esa barça şartnomalarni DocuSign'da imzolaymiz, bizda hatto kadrlar bölimiga boriş degan tuşunçaning özi ham yöq. Nomzod pasport skrinini yöllaydi, biz uni şartnomaga kiritamiz, DocuSign'ga yuklaymiz va imzolaş uçun boş direktor hamda xodimga jönatamiz. Imzo - raqamli, uni hatto telefon yordamida ham qöyiş mumkin.
Iş joyi va zarur imkoniyatlar
Barça jihatlar hisobga olinişi kerak: poçta, Slack va boşqalar. Bu şartnoma imzolanişi bilan qilinişi kerak bölgan işlar.
Kompyuter, stol va stul egasi kelgunça tayyor yoki tayyor emasligini tekşiring. Firma logosi tuşirilgan ruçka va bloknot, futbolka, kompaniya nişoni kabilar ham esdan çiqmasin.
Ofis va xodimlar bilan tanişuv
Barça xodimlar jamoaga yangi xodim kelayotganidan xabardor bölişi kerak. Agar kompaniyada 100 nafardan kam kişi işlasa, Slack'ka bizga kim kelib qöşilgani haqida yozamiz, LinkedIn'dagi (yoki Facebook) profilga havola taşlaymiz. Kompaniya xodimlarining soni 100dan ortiq bölsa ham, xuddi şu işni qilamiz, faqat departament doirasida.
Birinçi kuni ofis böylab ekskursiya uyuştiring: "bu yerda oşxona, bu yerda hojatxona, bu yer muzokaralar xonasi, mana bu yerda dam olamiz, bu yerda buxgalteriya va h.k".
Yangi xodimni uning yonida ötirganlar bilan taniştiring: "Hamkasblar, bir daqiqa vaqtingizni ajratişingizni sörayman. Jamoamizga yangi xodim (...) qöşildi, qöldan kelgança yordam berasiz degan umiddaman".
Özingizni qanday tutişingiz kerak?
Rahbar
Tabriklayman, siz yangi xodimni moslaştiriş şarafiga ega böldingiz. Buni siz uçun birov bajarmaydi, lekin yordam berişlari mumkin. Sizdan nima talab qilinadi?
1. Yangi xodimni ertalab özingiz qarşi oling. Buni darhol taqvimda belgilab qöying yoki HR-menejyerdan yangi xodimning işga çiqqan kunini belgilab qöyişni sörang;
2. Uni ofis böylab aylantiring. Işçi örnini körsating, xodimning kerakli tarmoqlardan röyxatdan ötganini tekşiring;
3. Yangi xodim bilan suhbatlaşişga bir soat vaqt ajrating. Kompaniyangiz, uning bölimlari, asosiy (umumiy va personal) vazifalar haqida suhbatlaşing. Xodimga birinçi hafta nimalarni örganiş kerakligi, ilk uç oyda undan nimalar kutilişini ayting;
"Sizga kerakli hujjatlar mana bu yerda. Mana bu kişilar bilan falon mavzuda gaplaşib olişingizni istardim. Men bilan mana bunday şaklda muloqot qilgan yaxşi, uçraşuvlarni mana bunday belgilaş, falon masalalar böyiça murojaat qilgan ma'qul. Kelasi safar falon joyda uçraşamiz".
4. Tabassum qiling. Bu juda muhim. Bunday qilgingiz kelmasa ham, jilmayişga harakat qiling. Xodimlar kompaniyaga özlari kelişadi, ketiş esa rahbar ixtiyorida;
5. Muayyan vazifalar qöying va ularni qayd qilib boring, heç bölmaganda poçta orqali xat körinişida yöllang;
6. Barça zarur hujjatlar va imkoniyatlarni taqdim eting;
7. Jamoadan tajribali va xuşmuomala insonni tanlab, uni yangi xodimga murabbiy etib tayinlang. Bu şunday inson bölsinki, yangi xodim barça masalalarda unga murojaat qila olsin.
Foto: Layfxaker
Yangi xodim
1. Sizga qanday ma'lumot yetişmayapti va uni qayerdan olişingiz mumkinligi haqida öylab köring. Savollarni dadil beravering;
2. Birinçi hafta, oy, uç oyda öz vazifalaringizni tuşunib oling. Agar rahbar bular haqida aytmagan bölsa, özingiz sörab biling;
3. Tanişgan odamlaringizning ismi şariflarini yozib oling. Umuman olganda, boşida hamma narsani yozib borişni tavsiya qilaman: ma'lumotlar hajmi katta, şu bois unutib qöyişingiz heç gap emas;
4. Har bir tanişgan odamingiz bilan muloqotda özingiz haqingizda juda qisqa ma'lumot bering, masalan:
"Mening ismim - Mişa. 12 yildan beri şu sohadaman. Bundan avval Wargaming, STB, Alfa-Bankda işlaganman. Laba'da HR böyiça eng muvaffaqiyatli onlayn-kurslarni ötganman, 1 million marta öqilgan rezyumelar uçun layfxaklar haqidagi maqola muallifiman".
Startap-muhitda bu «pitçing» yoki «elevator speech» deb ataladi. Oldindan tayyorlaning. Özingiz haqingizda aytib bermaguningizga qadar yangi xodimlar uçun heç kimsiz. Birinçi kundanoq yaxşi taassurot qoldiriş imkonini qöldan boy bermang.
5. Agar lavozim kompaniyada özgarişlar joriy qilişni közda tutsa, ularni ilk 60 kunda amalga oşirgan ma'qul, keyin qiyin böladi. Ayniqsa, u qadar taniqli bölmagan yoki qiyin qarorlar (işga yollaş, xodimlarni iste'foga çiqariş, boşqa lavozimga ötkaziş, yangi dasturiy ta'minotga ötiş, hisobotning yangi şakli, jarayonlar ketma-ketligini qayta körib çiqiş, yangi sohaga sarmoya kiritiş) qabul qiliş kerak bölsa.
6. Kiçik ğalabalarni rejalaştiring, ular sizga bölgan işonçni şakllantirişga yordam beradi. Masalan, ilk 60 kunda hal qilişingiz mumkin bölgan vazifalarni tanlab oling-da, asosiy e'tiborni ularga qarating. 60 kundan ortiq vaqt talab qiladigan vazifalarni keyinga qoldiring. Juda katta hajmdagi işni bajariş kerak bölsa, uni qismlarga bölib, bosqiçma-bosqiç işlab çiqiş kerak böladi;
7. Özingiz birga işlaydiganlarning barçasi bilan 30 daqiqali uçraşuvlarga kelişib oling. Savollarni oldindan yozib olib, javoblarni yozib boring;
8. Qanday qilsa, yaxşi yoki yomon böladi, nimani özgartiriş kerak - sörang. Köp ma'lumotga ega bölasiz va işonçli munosabatlar örnatasiz;
9. Agar rahbar yoki ekspert bölsangiz, audit ötkazing va natijalarni taqdimot qiling;
10. Rahbar bilan muntazam ravişda birga bir uçraşişga kelişib oling, şunda amalga oşirilayotgan işlar natijalari haqida ma'lumot beriş imkoni paydo böladi;
11. Hamkasblaringizga tabassum qiling. Heç kim qovoği uyilgan xodim bilan işlagisi kelmaydi.
HR-menejyer
Bu haqida butun bir kitob yoziş mumkin bölsa-da, eng muhim tavsiyalar:
Yangi xodimlar kunini taşkil qiling: ularni eski xodimlar oldida töplab, özi haqida qisqaça (5 daqiqa) sözlab berişni iltimos qiling. Preply'da şunday qilamiz va bu juda yaxşi natija beradi;
Yangi xodimlar bilan muntazam muloqot qiling. HR-biznes-hamkoringiz bölmasa, rekruterlaringiz haftada bir marta yangi xodimlar bilan suhbatlaşişsin.
Foto: Layfxaker
Hamkasb
Albatta, hamkasb sifatida yangi xodimlar adaptatsiyasi böyiça heç qanday majburiyatlaringiz bölmaydi, biroq bundan muayyan foyda olişingiz mumkin. Odamlar qiyin damlarda ularga yordam bergan kişilarni yaxşi eslab qolişadi, şunday ekan, yangi xodim bilan yaxşi munosabat örnatiş va keyinçalik uning yordamiga umid qiliş imkoningiz bor.
Birinçi bölib tanişing. Uning yoniga borib, şunday deng: "Salom, mening ismim Mişa, men bu yerda HR-menejyer bölib işlayman. Yangi xodimga öxşaysiz, keling, tanişib olaylik";
Har qanday masalada sizga murojaat qilişi mumkinligini ayting;
Özingiz muhim va kerakli deb bilgan narsalarni ayting;
Tuşlikka taklif qiling;
Yangi xodimdan avvalgi tajribasi, kelgusidagi rejalar va maqsadlari haqida sörang. Ularga erişişda foyda berişi mumkin bölgan ma'lumotlar bilan bölişing.
Xulosa
Aksariyat kompaniyalarda adaptatsiyaga yo umuman e'tibor berilmaydi yoki juda yomon amalga oşiriladi. Natijada ham biznes, ham xodim jabrlanadi. Sabab — ikki tomondan jarayonni tuşunmaslik. Yuqorida qayd etilgan oddiy maslahatlar kompaniyaga moslaşiş jarayonini sezilarli darajada yaxşilaşga yordam beradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi