Qozoğiston senati deputati Dariğa Nazarboyeva Qarağanda viloyatidagi konçilar bilan boğliq vaziyatga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

"Davlat rahbari mamlakatda nimalar bölayotganini yaxşi biladi. Hamda, mening işonçim komilki, u Qarağanda viloyatidagi hodisalarni diqqatlik bilan kuzatib bormoqda – viloyat uning uçun begona emas, uning muammolari unga bizning barçamizga kabi muhimdir. "ArselorMittal Temirtau" ma'muriyati mojaroni şunday vaziyatga qadar olib kelganidan juda afsusdaman. Konçilarning iş haqi masalasi yangi emas, ular bu borada har doim talab qöyişgan. Mehnat şaroitlari ham, albatta, ularda oğir, iş esa doimiy xavf bilan boğlangan", - deya ma'lum qildi Dariğa Nazarboyeva.

"Konçilarning talablaridan xabardormiz, ular iş haqi miqdori 100 foizga oşirilişini xohlaşmoqda. Biroq kombinatning özidagi iqtisodiy vaziyatni ham e'tiborga oliş lozim, uni biz, masalan, bilmaymiz. "ArselorMittal Temirtau" ham hozirça bu ma'lumotni oşkor etgani yöq – ularda 100 foizga oşiriş uçun iqtisodiy imkoniyat bormi. Nima bölgan taqdirda ham har ikki tomonni qoniqtiruvçi qarorga kelinişiga umid qilaman", - deya ta'kidlab ötdi u Qozoğiston Respublikasi senatida jurnalistlarning savollariga javob qaytarib.

"Men bilamanki, Sagintayev bu masalani nazoratda uşlab turibdi. Kompaniya ma'muriyati bilan muntazam telefon muzokaralari ötkazilmoqda. Vazirlar öz fikrlarini bildirişdi. Şuning uçun bu masala e'tiborsiz qolmaydi. Kompaniya sudga beriş huquqiga ega, heç kim ularga bu huquqdan foydalanişga taqiq qöya olmaydi. Keyin esa işni sud va uning qarori hal qiladi. Kabinetdan boşqarişga keladigan bölsak, men sizlarga qöşilaman. Albatta, vazirliklar rahbarlari u yerda bölişlari, hamda har ikki tomon bilan muzokaralar ötkazişlari kerak edi", - deya xulosa qilgan Dariğa Nazarboyeva.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonlik konçilar hindistonlik oligarx bilan uçraşuvni talab qilişayotgani xabar berilgandi. "Arselor Mittal Temirtau" korxonasining norozilik aksiyasini ötkazayotgan konçilari soni 684 kişiga yetdi. Ular yer ostida qolişmoqda va tepaga çiqişdan boş tortişmoqda. Konçilar iş haqini ikki barobarga oşiriş va 50 yoşda pensiyaga çiqiş, şuningdek, kasallik vaqtidagi tölovni töla hajmda amalga oşiriş va şahardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaşni talab qilişmoqda. Şuningdek, ular kon egasi, hindistonlik milliarder Lakşmi Mittal bilan uçraşuv taşkillaştirilişini talab qilişgan.