Rossiyaga qarşi axborot uruşi uning suverenitetini böğib qöyiş harakatlari bilan boğliq, deya ma'lum qildi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Biz hozirda guvoh bölayotgan narsa, bu qarama-qarşilik, u, katta ehtimol bilan, Rossiya suverenitetini, suveren ovozini böğib qöyiş harakatlari bilan boğliq. Rossiyaning öz ovozini jahon hamjamiyatiga yetkaziş böyiça ortib borayotgan imkoniyatlari, oşayotgan salohiyati, jumladan texnologik nuqtai nazardan ham, bizning mamlakatimizga qarşi yönaltirilgan yolğon yangiliklarni rad etiş böyiça ovozini böğişdir", - deya aytib ötdi Peskov "Rossiya 24" telekanali efirida.
Uning ta'kidlaşiça, axborot qarama-qarşiligini yuzaga keltirayotganlar “bizni böğib qöyişga harakat qilmoqda”. "Biz ham bunga javob beramiz", - deya qöşimça qilib ötdi Peskov.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining qayd etişiça, Rossiyada işlayotgan köplab xorijiy OAV “birovning noğorasiga öynaydi”, biroq ular bu mamlakatda işlaşda davom etmoqda, hamda heç kim ularga qarşilik körsatayotgani yöq.
"Bu OAV bizning davlatda erkin işlaş imkoniyatiga ega. Ehtimol, biz aynan şu bilan ham faxrlanamiz. Darvoqe, biz şeriklarimiz e'tiborini tortmoqçi bölayotgan narsa – bu yerda xorijiy OAV uçun qanday iş şaroitlari yaratilganiga boğliqdir", - deya ma'lum qildi Peskov.
Şuningdek uning ta'kidlaşiça, xorijiy agentlar töğrisidagi qonun xorijiy jurnalistlar faoliyatiga tösqinlik qilmaydi. "U faqat buni tartibga soladi va, aytaylik, bu OAV uçun ma'lum bir harakatlarni amalga oşiriş majburiyatini yuklaydi", - deya qöşimça qilib ötdi matbuot kotibi.
Peskovning şuningdek körsatişiça, RT telekanali qator mamlakatlarda, xususan, Fransiyada öziga nisbatan salbiy munosabat bilan töqnaş kelmoqda. Uning eslatişiça, bu mavzu Rossiya va Fransiya prezidenti Vladimir Putin hamda Emmanuel Makronning Versaldagi uçraşuvida kötarilgan, biroq fransiyalik yetakçi bu uning rus telekanaliga nisbatan şaxsiy munosabati bilan boğliq ekanini ma'lum qilgandi.
"Biz Fransiya prezidentini çuqur hurmat qilamiz, uning Rossiya-Fransiya ikki tomonlama munosabatlaridagi sa'y-harakatlarini qadrlaymiz. Biroq bunga qöşila olmaymiz", - deya xulosa qilgan Peskov.

















