Ukraina Boş prokuraturasidan xabar qilişlariça, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşviliga davlat töntarişini amalga oşiriş uçun 210 ming dollar yetmagan. Bu haqda siyosatçining özi News One kanali efirida ma'lum qildi.
"Ya'ni siz şuni aniqladingizki, Ukrainada davlat töntarişini amalga oşiriş 210 ming dollar turadimi? Siz buni bizdan yaşirdingizmi? Yaxşiyamki, bu yerda kameralar bor, - balki, odamlar pul yiğib berişar! Bu 210 ming dollarni topib berişadi", - Saakaşvili şunday tarzda, uning sözlariga köra, prokurorlarga javob qaytargan.
Uning qöşimça qilişiça, agarda hokimiyatni özgartiriş, "tariflarni kamaytiriş, odamlarning mamlakatdan ketib qolmasligi, davlatning özi özgarişi, katta tezlik bilan rivojlanişi", aynan şunça turganida, bu pullarni topiş mumkin bölardi.
Eslatib ötamiz, Ukraina hukumati Mixail Saakaşvilini jinoiy taşkilotlar iştirokçilariga kömak körsatiş va jinoyatlarni yaşirişda ayblamoqda, biroq Kiyevning Peçersk tuman sudi uni hibsga olişdan boş tortdi va ozodlikka çiqardi. “Yangi kuçlar harakati” partiyasi yetakçisi Ukrainadagi “tizimni özgartiriş” maqsadida hukumat bilan kuraş olib borişga va'da berdi.
Avvalroq, Mixail Saakaşvili boş vazir lavozimida mamlakatda muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oşiriş böyiça aniq rejasi borligini ma'lum qilgandi.

















