Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining KUN.UZ internet-naşrida e'lon qilingan «Omonxona» suvi sotiluvçi qişloqda rözğorga içimlik suvi xarid qilinmoqda — Inkabodliklar murojaati» maqolasiga xulosa yubordi.
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi «Omonxona» suvi sotiluvçi qişloqda rözğorga içimlik suvi xarid qilinmoqda — Inkabodliklar murojaati» sarlavhasi ostida çop etilgan maqolani körib çiqib quyidagilarni ma'lum qilgan.
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi çiqindi poligoni böyiça:
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi çiqindi poligoni «Inkabod» mahalla hududida Yer tanlaş va yer ajratiş komissiyasinig xulosasiga köra, Boysun tuman hokimining 2014 yil 27 avgustdagi «Inkabod» mahalla hududida 4 ga yer ajratiş haqidagi 465-sonli qaroriga asosan taşkil etilgan.
Surxondaryo viloyati Gidrogeologiya stansiyasi tomonidan uşbu çiqindixonaning joylaşuvi örganildi. Xulosaga muvofiq yer osti suvlari 130 m pastlikda suv ötkazmaydigan gil, soz tuproq va toş yotqiziqlar ostida joylaşgan (viloyat Gidrogeologiya stansiyasining 2017 yil 10 oktabrdagi 128 A-sonli xulosasi).
Hududdagi aholidan kelib tuşgan qator murojaat va şikoyatlarga asosan Surxondaryo viloyati Boysun tumani çiqindi poligoni uçun tuman hokimining 2017 yil 2 noyabrdagi 1130-sonli qaroriga asosan tumandagi «Rabot» dahasi «Ganda» uçastkasidan 5 ga yer maydoni ajratib berilib, 2018 yil yanvar oyidan boşlab hosil böladigan çiqindi mazkur yangi poligonga olib boriladi. Hozirda uşbu çiqindi poligonida sanitar va ekologik talablar asosida quriliş işlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati Boysun tumani Inkabod qişloğining suv ta'minoti böyiça:
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi 2017 yil 18 apreldagi PQ-2900-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 340-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi töğrisidagi nizomga muvofiq içimlik suv ta'minoti masalalari yangi taşkil etilgan uşbu vazirlik vakolatiga kiradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2910-son qaroriga asosan Boysun tumani aholisini «Xöja-mayxona» tabiiy suv manbasidan çiqadigan içimlik suvi bilan ta'minlaş uçun 2018–2019 yillarda 34,7 km içimlik suv quvurining qurilişi va buning uçun 25,5 mln. AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratilişi közda tutilgan.

















