Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil — biznes ombudsman 13–15 dekabr kunlari Toşkent viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda viloyatdagi tuman va şaharlarda faoliyat yurituvçi tadbirkorlar bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Uçraşuvlar oçiq muloqot tarzida ötkazilib, unda iştirok etuvçi tadbirkorlar öz muammolari va faoliyatlarini yanada rivojlantiriş uçun zarur yordamlar yuzasidan Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilga töğridan töğri murojaat etiş imkoniyati yaratib berildi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil va tadbir iştirokçilari viloyatdagi bir qança tadbirkorlik sub'yektlarining işlab çiqariş obektlarida ham böldi.
Uçraşuvlarda tadbirkorlar tomonidan kötarilgan aksariyat muammolar joyida hal etilmoqda.
Jumladan, Örtaçirçiq tumanida faoliyat yurituvçi “Klassik Nur” MÇJ rahbari O.Ergaşev tomonidan barça tegişli harakatlar amalga oşirilgan bölsada, tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr tarmoğiga ulab berilmayotganligi yuzasidan qilgan murojaati joyida hal etilib, tadbirkorlik sub'yekti elektr tarmoğiga ulab berildi va öz faoliyatini boşladi.
Şuningdek, Olmaliq şahrida joylaşgan “Eko stayl” MÇJ rahbari Z.Ergaşevning mutasaddi taşkilotlar tomonidan gaz tarmoğiga ulanişga ruxsat berilmayotganligi natijasida öz faoliyatini boşlay olmayotganligi böyiça qilgan murojaati qanoatlantirilib, korxona gaz tarmoğiga ulab berildi. Natijada 250 dan ortiq iş öringa ega bölgan korxona özining işlab çiqariş faoliyatini boşladi.
Bundan taşqari, murojaatlarda kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli davlat organlari rahbarlariga körsatma va topşiriqlar berilib, ular alohida nazoratga olinmoqda.
Vakilning Toşkent viloyatidagi tadbirkorlar bilan muloqoti 16 dekabr kuni ham davom etadi.

















