Pekin ma'muriyati haydovçisiz avtomobillardan foydalaniş böyiça birinçi rasmiy qöllanmani çiqardi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.

Qöllanma şahar transport komissiyasi, jamoat xavfsizligi byurosi va iqtisodiyot hamda axborot texnologiyalari böyiça komissiya tomonidan işlab çiqildi.

Ta'kidlanişiça, hujjat avtotransportda «haydovçisiz texnologiyalar işlab çiqişni tezlaştirişga» qaratilgan.

Bunday tartib Xitoydagi xususiy taşkilotlarga avtopilotda beştagaça maşinani test rejimida foydalaniş huquqini beradi. Şu bilan birga, ular yöl sinovlari ötkazilişidan avval maxsus yopiq zonalarda barça testlarni yakunlaşi lozim.

Naşrning qöşimça qilişiça, boşqariş faqat rulda favqulodda yoki istalgan boşqa vaziyatda jarayonga aralaşişi mumkin bölgan inson bölsagina mumkindir.

Pekin ma'muriyati yaqin vaqt içida haydovçisiz avtomobillar kirişi mumkin bölgan zonalar röyxatini e'lon qiladi.