Dunyodagi eng katta samolyot Stratolaunch ilk bor angardan çiqarilib, AQŞdagi Moxave çölida joylaşgan aerodromning uçiş-qöniş polosasida harakatlandi.

Bu haqda uşbu samolyot loyihasining rahbari, milliarder Pol Allen tvitterda ma'lum qildi. 

Samolyot qanotlari quloçi 117 metrni, vazni 250 tonnani taşkil qiladi. Samolyot 240 tonna yuk kötara olişiga umid qilinmoqda. Samolyotda Boeing 747-400’ samolyotlaridan yeçib olingan 6 ta Pratt & Whitney turboreaktiv dvigatellari örnatilgan.

Samolyot stratosferaga raketalarni olib çiqib, söngra öz bortidan ularni koinotga uçiriş maqsadida yaratilgan. Samolyot ilk sinov parvozini 2019 yilda amalga oşirişi kutilmoqda.