Surxondaryodan KUN.UZ tahririyatiga kelib tuşgan murojaatlar orasida naq törttasi Denov şahri markazidagi çorrahadagi tartibsizlikdan şikoyat qilib yuborilgan.

Biz Denovning qoq markazidagi, şahardagi dehqon bozori yaqinidagi Mustaqillik va Nozim Mirzayev köçalari kesişmasidagi çorrahani öz közimiz bilan körib, kuzatdik.

Çorraha tartibga solingan hisoblanadi — svetofor işlab turibdi, boz ustiga, çorraha yaqinida körinarli joyda «24 soat videokuzatuv» degan ogohlikka çorlovçi plakat ham osiğliq, lekin na piyodalar, na haydovçilar yöl harakat qoidalarini pisand qilişayapti.

Umuman, qoyil qoliş kerak! Tumandagi va şahardagi yöl harakat xavfsizligi boşqarmasi xodimlari nima qilişayapti ekan? Bozor kuni biz birorta YPX xodimini uşbu çorrahada uçratmadik. Nahotki kiçik şaharçadagi bitta çorrahani tartibga oliş şunçalik qiyin iş bölsa?

Denovdan tört kişi uşbu çorrahadan yozğirib, tahririyatimizga şikoyat yöllagani ham bejiz emas ekan. Öşa insonlarga rahmat, denovlik bölib, şu holatdan uyalib, tumandagi mutasaddilar heç narsa qila olmasligini bilib, respublika miqyosida kiçik, aslida jiddiy muammoga e'tibor qaratişni söraşibdi.

Biz tayinlanganiga ikki oyça bölib qolgan Denov tuman hokimi Uluğbek Qosimov bilan uçraşib, çorrahadagi vaziyatni söradik.

— Bu çorrahaning bu ahvoldaligiga bozorning şu hududda joylaşganligi sababçi. Eski köçalar bugungi kundagi maşinalar oqimini hisobga olmasdan barpo etilgan. Boz ustiga, Denov bozori katta bozor. Birgina Denov tumani emas, Uzun, Sariosiyo, Şörçi va Oltinsoy tumani aholisi ham kelib şu yerda bozor qiladi. Biz bozorni bu yerdan köçirib, köçalarni kengaytirişni rejalaştirganmiz, — dedi Denov tuman hokimi U.Qosimov.

— May oyida yonib ketgan kiyim-keçak bozori ham köçadimi?