Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov AQŞ moliya vazirligining sanksiyalar qöllanişiga sabab böluvçi «Magnitskiy röyxati»ga kiritilgan. U bilan birga Rossiyaning yana tört nafar fuqarosi uşbu röyxatga kiritilgan, deb yozadi Bi-bi-sining rus xizmati.

Amerika moliya vazirligi saytida e'lon qilingan ma'lumotga köra, Qodirovdan taşqari «Magnitskiy röyxati»ga Ayub Katayev, Yuliya Mayorova, Andrey Pavlov va Aleksey Şeşenya kiritilgan.

Çeçenistonga 2007 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning işonçli vakili hisoblanuvçi Ramzon Qodirovning «Magnitskiy röyxati»ga kiritiliş sababiga oydinlik kiritilmagan.

Magnitskiy akti AQŞda 2012 yilning dekabrida qabul qilingan. U Kongress tomonidan inson huquqlarini buziş va korrupsiyaga aloqador rossiyaliklarga nisbatan sanksiya joriy etilişini nazarda tutadi.

Akt Vaşingtondagilar tomonidan Hermitage Capital fondi yuristi Sergey Magnitskiyning tergov izolyatorida ölimiga sababçi va inson huquqlarini poymol qilişga aloqador, deb hisoblanuvçi rossiyalik amaldorlarning vizalariga rad javobi beriş, şuningdek, moliyaviy sanksiyalar qöllaşni nazarda tutadi.

Sergey Magnitskiy huquq himoyaçilari tomonidan «qiynoqli» deb atalgan şaroitlarda 2009 yilda vafot etgan. Yuristning Hermitage Capital fondidagi hamkasblarining aytişiça, Magnitskiy Rossiya byudjyetidan milliardlab rubl ömarilganini isbotlovçi, IIV xodimlari va soliq inspeksiyasidagilar bilan boğliq yirik miqdordagi firibgarlikni oçganligi uçun jazo sifatida unga jinoiy iş qözğatilgan.