Burkina-Fasoda jangarilar hujumi oqibatida tinç aholi orasidan 35 kişi va politsiyaning 7 xodimi halok böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Hujum 24 dekabrda Afrika davlatining şimolidagi Arbinda şahrida sodir etilgan. Hujumga bir vaqtda tinç aholi va harbiy otryad uçragan. Kuç tuzilmalari hujumni qaytarişga va 80 jangarini yöq qilişga muvaffaq bölgan. 

Bloomberg axborot agentligining xabar berişiça, Mali çegarasida yuz bergan töqnaşuv bir neça soat davom etgan. 

Dekabr boşida Burkina-Faso hukumati jangarilardan himoyalaniş va xavfsizlik uçun xarajatlarni oşirişga va'da bergan. Ma'lum qilinişiça, bu maqsadda 2020 yilga möljallangan 3,8 mlrd dollarlik budjetning 13 foizi yönaltiriladi. 

Mamlakat Ğarbiy Afrikada joylaşgan bölib, aholisi 16 mln kişini taşkil qiladi.