Hindiston şimolidagi Nagalend ştatida harbiylar tinç aholi vakillarini ayirmaçilar guruhi deb öylab, yangliş tarzda öqqa tutdi. AFP axborot agentligining xabar berişiça, bu hodisa va undan keyin yuz bergan töqnaşuvlar oqibatida 13 fuqaro, Reuters ma'lumotlariga köra, 14 fuqaro va bir harbiy halok bölgan.

Voqea Myanma bilan çegaradoş Mon okrugidagi Oting qişloğida yuz bergan. “Harbiylarda uşbu hududda qandaydir qurollangan harakat haqida razvedka ma'lumotlari bölgan. Şu sababli ular yuk maşinasida ketayotgan konçilarni ayirmaçilar deb qabul qilib, öqqa tutgan. Buning oqibatida 6 konçi halok bölgan”, deb ma'lum qilingan politsiyada.

Uşbu hodisa haqidagi xabar qişloqda tarqalgaç, mahalliy aholi harbiylar lagerini qurşab olgan. Şundan keyin tomonlar örtasida töqnaşuvlar yuz bergan. Harbiylar “özini himoyalaş” maqsadida odamlarga öt oçgan va yana 8 fuqaroning ölimiga sabab bölgan. Töqnaşuvlar vaqtida bir harbiy halok bölgan.

“Hozirda Mon okrugida vaziyat juda keskin”, deb ma'lum qilgan ştat politsiyasi xodimi Sandip M.Tamgaj.

Hindiston içki işlar vaziri Amit Şoh halok bölganlar oilalariga hamdardlik bildirgan. Ştat boş vaziri Neyfiu Rio hodisa sinçkov tergov qilinişi va aybdorlar javobgarlikka tortilişini aytgan. U yuz bergan hodisani razvedkaning “muvaffaqiyatsizligi” deb atagan.