Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov “Magnitskiy röyxati”ga kiritilişiga izoh berdi va “AQŞning butun valyuta zaxiralari” evaziga ham AQŞga bormagan bölişini aytdi.
20 dekabrda AQŞ moliya vazirligi sanksiyalar röyxatiga 5 nafar rossiyalikni, jumladan, Ramzon Qodirovni kiritgan. Ular AQŞ ma'muriyati tomonidan “suddan taşqari jazolaş, qiynoqlar va inson huquqlarining qolgan qöpol qoidabuzarliklarida” ayblanganlar.
“Meni uyqusiz tun kutmoqda. Uyqu dorilar ham foyda bermaydi! Men avval ham gapirgandim va xotirasi çatoqlar uçun yana bir bor qaytaraman, agar menga mukofot puli sifatida AQŞning butun valyuta zaxirasini ham va'da qilişganda AQŞga bormasdim”, deb yozgan Qodirov Instagram’da.
“Butun dunyoga maşhur bölgan amerikaliklar menikiga mehmonga keladilar, ba'zilari esa hattoki Çeçenistonda qönim topmoqçilar. Sizlarning sanksiyalaringizga tupurganlari bor. Aytişlariça, sanksiyalar inson huquqlari buzilişlari bilan boğlanganmiş. Unda Oq uy va Pentagonda bunday huquqbuzarlar yetarliça topilganda, ularni dunyoning bir burçagidan qidirişga ne hojat?”, deb kinoya qilgan Qodirov.
“Aslida, AQŞ men öz hayotimni xorijiy terrorçilarga qarşi kuraş uçun bağişlaganimni keçira olmaydi. Ular orasida AQŞ maxsus xizmatlari yetiştirgan “tarbiyalanuvçilar” bor”, deb yozgan Qodirov.
Magnitskiy röyxatiga Qodirovdan taşqari, Ayub Katayev, Yuliya Mayorova, Andrey Pavlov va Aleksey Şeşenya ham kiritilgan. Hozirda bu röyxatda 49 rossiyalik bor.

















