Joriy yilda kobalt narxlari rekord natijalarni qayd etdi va oxir-oqibat, butun xomaşyo bozorini ortda qoldirdi. Kobalt bir yil içida 120 foizga qimmatladi, bu vaqtda esa Bloomberg xomaşyo bozori indeksi 4 foizga tuşdi. Uşbu metall sotuvlari hajmi ikki baravarga - 4 milliard dollardan 8 milliard dollargaça ösdi. 

Benchmark Mineral Intelligence kompaniyasi prognozlariga köra, 2026 yilga borib litiy-ion batareyalariga bölgan talab hozirgiga nisbatan 6-7 baravarga oşadi. Bunday umidlar litiy va nikel kabi akkumulyator işlab çiqarişda qöllaniluvçi barça xomaşyo materiallari bozorini "qaynatadi". Biroq bu qatorda kobaltning alohida örni bor.  

Gap şundaki, dunyo miqyosida kobalt işlab çiqarişning uçdan ikki qismi Kongo Demokratik Respublikasiga töğri keladi, u yerda esa doim yangi fuqarolik uruşi xavfi mavjud, boz ustiga, mamlakat bolalar mehnatidan keng  foydalanişda ayblanadi. Natijada esa strategik metallni qazib çiqariş tahdid ostida qoladi. Köplab jahon toğ-kon kompaniyalari mamlakatni tark etib, kobalt qaziş uçun Kanada va Avstraliyaga köçib ötgan. 

Bularning bari 2017 yilda kobalt narxining ikki baravarga qimmatlaşiga olib keldi - har metr tonna uçun 72 ming dollargaça. Xomaşyo narxining bunday ösişi avtoişlab çiqaruvçilarning elektr transport işlab çiqarişga ötiş rejalarini xavf ostiga qöyadi.

Işlab çiqaruvçilarning elektromobillar bilan boğliq umidlari Glencore toğ-kon kompaniyasi 2017 yil boşida Kongoda oçgan ikki yirik kon bilan boğliq. Agar şu joylardan kobalt yetkazib berişda uzilişlar bölmasa, kobalt bozori barqarorlaşadi. 2018 yilda metall narxi oşişda davom etadi, biroq, ekspertlar fikriça, bunday tezkor sur'atlarda emas.