Yangi yil ta'tili yaqinlaşmoqda, bolalar ham, ularning ota-onalari ham xursand bölişlari uçun qayerga borgan ma'qul?
Bizning «Parus» OKM yangi yil oldidagi sovuq kunlaringizni har yerda mö'jizalar yuz beradigan sehrli ertakka aylantiradi...
«Mö'jizalar orzusida» tartibiga start berildi, mana endi vaqtni quvnoq ötkaziş haqida öylaş payti yetdi: 25 dekabrdan 10 yanvargaça biz Qorbobo va Qorqiz hamda quvnoq multfilm qahramonlari bilan birgalikda yangi yil arça bayramlarini taşkillaştirmoqdamiz, bayram tadbirlari sizga bayramona kayfiyat baxş etibgina qolmay, balki ertak qahramonlari farzandlaringiz bilan birga öynaydi, ularda samimiy kulgi va çinakam zavq uyğotadi...
Biz uyuştirayotgan yangi yil bolalar şousida har bir bola iştirok etişi mumkin va bu mutlaqo bepul!
Kiçkintoyingiz yangi yil arçasida (soat 13:00 va 18:00da) iştirok etiş bilan çeklanib qolmay, balki bizning yumşoq polli, burçak va tutaşuvlari xavfsiz bölgan, kamalakdek rang-barang tepaliklar, labirintlar, damlama batutlar, şarçalarga tölib-toşgan hovuzçalar, qumdonlarga ega bölgan bolalar maydonçamizni ham sevinib örganib çiqişlari mumkin. Aziz farzandingiz maydonçadagi yangi-yangi çöqqilarni zabt etayotgan va rosa şöxlik qilayotgan bir vaqtda Siz bizning qahvaxonamizda ötirib kiçkintoyingizni kuzatişingiz va ayni damda, qaynoq içimliklar bilan tansiq şirinliklarimizdan totib rohatlanişingiz mumkin.
Qişki ta'til kunlari maktab öquvçilarining 3-qavatda joylaşgan öyin avtomatlarining juda katta tanlovi oldida özlarini tiyib turişlari juda qiyin böladi, bu yerda şuningdek, attraksionlarda mazza qilib uçiş yoki poygalar uyuştiriş mumkin. Yoş onalarimiz zerikib qolmaslik uçun şinamgina gözallik salonimizga taşrif buyurişlari mumkin, bu yerda gözal ayollarimizga – soç kesiş, ukladka, manikyur va pedikyur xizmatlari körsatiladi. Bundan taşqari, markazimizda joylaşgan – ayollar va bolalar dökonlarini aylanib çiqişlari, özlariga va farzandlariga sovğalar xarid qilişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Birinçi qavatda esa turmuş örtoqlari, akalari, otalari, öğillari – xullas aziz erkaklar uçun kiyim-keçaklar va poyabzallarni topiş mumkin.
Tinib-tinçimas ijodkorlarimiz esa SAMO bolalar ijodiyoti Akademiyasiga taşrif buyursalar maqsadga muvofiq böladi, bu yerda ular öyin şaklida ingliz tilini örganişlari, raqs, vokal bilan şuğullanişlari, neon va qumda rasm çizişlari, aktyorlik mahoratini örganişlari va robototexnika kursida iştirok etişlari mumkin.
6-qavatda joylaşgan Parus Bowling – oilaviy hordiq uçun ajoyib maskan! Bouling-zonada ham kattalar, ham bolalar yölakçalari mavjud, ularda ahil jamoa bölib «maftunkor strayklarni urib tuşiriş» rosa zörda.

















