KUN.UZ saytida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyevning öz vakolatlarini suiiste'mol qilib, maktab direktorlarini urgani, ularni haqorat qilgani haqida bir neça marotaba maqolalar e'lon qilingan edi. 

Video: Hokim maktab direktorlarini urdi

Muştumzör hokimga qonunlarimiz nima deydi?

Prokuratura tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani bilan boğliq vaziyatni tekşirişni boşladi

Muştumzör hokim uzr söradi, lekin u bu bilan qutulmaydi

«Bosdi-bosdi» bölişiga yöl qöymaslik kerak». Direktorlarni kaltaklagan hokimga qanday çoralar bor?

Sayxunobod hokimi jazodan qutulib qoldimi?

Joriy yil 28 dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasining KUN.UZ tahririyatiga ma'lum qilişiça, Sayxunobod tuman prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tekşiriş natijasi böyiça Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiyevning harakatlarida MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan haqorat qiliş, ya'ni şaxsning şa'ni va qadr qimmatini qasddan kamsitiş va 183-moddasi nazarda tutilgan mayda bezorilik, ya'ni jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buziş huquqbuzarligi alomatlari mavjud bölganligi sababli, unga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida iş qözğatildi.

Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiyevga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 183-moddasi bilan qözğatilgan ma'muriy işlar körib çiqiş uçun 2017 yil 28 dekabrda ma'muriy işlar böyiça Sayxunobod tuman sudiga yuborildi. Endilikda tuman sudi unga 5 mln sömdan ortiq miqdorda ma'muriy jazoga tortilişi taxmin qilinayapti.