Nyu-Yorkdagi turar joy binosida çiqqan yonğin oqibatida 12 kişi halok böldi. Bu haqda New York Post naşri xabar bermoqda.
Yonğin Bronks tumanidagi 5 qavatli uyda çiqqan. Yonğinni öçirişda 160 ga yaqin öt öçiruvçi iştirok etgan. Yonğinga 4-murakkablik darajasi berilgan.
Şuningdek, yana 15 kişi yaralangani ma'lum qilingan. Guvohlarning ta'kidlaşlariça, qurbonlar orasida bolalar ham bölişi mumkin.
Şuningdek, Mumbayda ham yirik yonğin yuz berişi oqibatida 14 kişi halok böldi va 10 ga yaqin kişi jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Yonğin ofis va restoranlar joylaşgan Kamala Mills majmuasida yuz bergan. Yonğin 29 dekabrga ötar keçasi majmuadagi London Taxi pabida boşlanib, butun binoga tarqagan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, yonğinga elektr ta'minotidagi qisqa tutaşuv sabab bölgan.

















