Bugun, 30 dekabr kuni, Toşkent viloyati hokimligi, KUN.UZ tahririyati hamda “Rayhon” tarmoq restoranlari hamkorligida Toşkent viloyati, Böka tumani, 15-sonli Mehribonlik uyi bolajonlari uçun bayram dasturi bölib ötdi. Tadbir “Rayhon” oilaviy taomlar restorani homiyligida taşkil etildi. Bayramda 175 nafar bolalar tökin dasturxon, quvnoq musiqa sadosi ostida öyin-kulgu va  xursandçilik qilişdi. 

Jajji köngillarning quvonçi atrofdagilarga ham ötdi, maxsus şou-dastur esa bayram şukuhiga alohida zavq qöşdi. Har bir bolajonga taqdim etilgan yangi yil sovğasi bolalarni yanada xursand qildi. 

Insondan oxir-oqibat faqat yaxşilik, mehr va yaxşi xotira qoladi. Şunday insonlar bor, mehrga zor, e'tiborga intizor. Yana şunday odamlar bor-ki, har sözida, har harakatida savob umidi bor. Davlatimiz tomonidan boquvçisidan ayrilgan, mehnatga layoqatsiz yoki voyaga yetmaganlarga yetarli darajada ğamxörlik körsatilib, zarur barça şaroitlar yaratilgan hamda mehri daryo tarbiyaçilar mehnat qilişadi. Garçi hamişa qorni töq, egni but bölsa-da,  yana bir şirin söz, yana bir mehrli e'tibor ila kemtik köngillarni obod etiş maqsadida taşkillaştirilgan hayriya tadbiri barça savobtalablarga örnak bölsa ajab emas.