2017 yilda tibbiy ta'lim tizimida ham katta özgarişlar yuz berdi. Tibbiy ta'lim böyiça eng muhim hodisa, öqiş muddatlarining qisqartirilgani böldi. Şuningdek, kasbiy fanlar bloki kengaytirilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 7 foizgaça qisqartirildi, klinikagaça va klinikaga oid fanlar uçun soatlar hajmi 85 foizgaça köpaytirildi, deb ta'kidlaydi Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov 2017 yil sarhisobi böyiça vazirlik saytida e'lon qilingan maqolada.

Prezident qaroriga muvofiq, 2017/2018 öquv yilidan boşlab birinçi marta maqsadli qabul yölga qöyildi va 2017 yilda tibbbiyot oliy öquv yurtlariga maqsadli qabul uçun 1 ming 180 örin ajratildi.

2018 yilda bakalavriat ta'lim yönalişining maqsadli qabul kvotasini 2017 yilga nisbatan 20 foiz oşiriş, maqsadli magistraturani 10 foiz köpaytiriş, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oşiriş belgilandi.

2017 yil Investitsiya dasturiga köra 27,6 mlrd söm mablağ evaziga Toşkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi va klinikasida, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining120 örinli, Andijon davlat tibbiyot institutining120 örinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 örinli, Toşkent tibbiyot akademiyasi Urganç filialining 100 örinli jami 540 örinli klinikalarda quriliş, rekonstruksiya va kapital ta'mirlaş işlari amalga oşirilmoqda.

2018 yil Investitsiya dasturi doirasida Toşkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi, mazkur institut Nukus filialining 120 örinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 örinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 örinli klinikalarida quriliş va rekonstruksiya işlarini davom ettiriş uçun 31,8 mlrd. söm mablağ ajratilişi rejalaştirilgan.