Keniyada yo‘lovchi avtobusining yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi. Yana 11 kishi jarohat olgan. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Voqea Keniyaning markaziy qismidagi Nakuru shahri yaqinida yuz bergan. Busia shahridan kelayotgan avtobus Nakurudan kelayotgan yuk mashinasi bilan ro‘parama-ro‘para to‘qnashib ketgan. Ushbu avtohalokat oqibatlari videosidan ko‘rinishicha, avtobus to‘qnashuvdan keyin yonib ketgan.
Ma'lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan Nakuru-Eldoret shossesi xavfliligi bilan ajralib turadi: mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, dekabrning o‘zida bu shosseda yuz bergan avariyalarda 100 ga yaqin odam halok bo‘lgan.











