SAVOL: Özbekiston Respublikasining bojxona organlari xizmatiga işga qabul qiliniş uçun qaysi mutaxassislik böyiça oliy bilim yurtini tugatgan bölişi kerak va qanday hujjatlar talab qilinadi?

Zarina Istamova.

JAVOB: Amaldagi tartibga köra, bojxona organlari xizmatiga asosan oliy yuridik yoki iqtisodiy ma'lumotiga ega, Qurolli kuçlar safida harbiy xizmatni ötagan yoki safarbarlik çaqiruv rezervida bölgan, 18 yoşga tölgan, lekin 30 yoşdan oşmagan Özbekiston Respublikasi fuqarolari köngililik asosida xizmatga qabul qilinadi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 maydagi 229-sonli qarori asosida taşkil etilgan Oliy harbiy bojxona instituti bojxona organlari uçun bojxona işi va yurisprudensiya mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlovçi tayanç oliy öquv yurti bölib, hozirda bojxona organlaridagi böş örinlar asosan uni har yili bitirayotgan tinglovçilar hisobidan jamlab kelinmoqda.

Bojxona organlariga işga kiriş istagida doimiy röyxatda turgan hududdagi bojxona organlarining Kadrlar xizmatiga murojaat etişingiz mumkinligini, ularning manzili Davlat bojxona qömitasining internetdagi customs.uz saytiga joylaştirilganligini ma'lum qilamiz.

Savolga Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi ma'sul xodimi Aziz Döstiyorov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.