Davlat rahbarlari, siyosatçi va amaldorlar ham dam oladimi? Quyidagi tasnifda dunyoning yetakçi davlat rahbarlari qişki ta'tilni qanday ötkazişi haqida bayon qilinadi.

Qişki ta'tilni qor yoğmaydigan Floridada ötkazayotgan Donald Tramp
AQŞ prezidenti Donald Tramp özining köp yillik odatlariga sodiq qolib, qişki bayramlarni quyoşli Florida ştatida joylaşgan Palm-Biç sohilböyi kurort zonasida kutib oldi. Bu yerda prezidentning Mar-a-Lago nomli rezidensiyasi bölib, keng golf maydonçasiga ega.
Bu yil Donald Tramp va uning ayoli birinçi marta davlat rahbari hamda birinçi xonim sifatida bayramni Mar-a-Lagoda ötkazmoqda. Şu tufayli, rezidensiyaga taşrif buyuriş aql-bovar qilmas darajada murakkab vazifaga aylandi. Muşkulotga sabab bölgan omil narx-navoning kosmik darajada baland ekanligidan taşqari, prezident Donald Tramp aynan şu joyda qişki ta'tilni ötkazmoqçi bölganidadir.
Ma'lumot uçun, Mar-a-Lago klubi haqiqiy a'zoligiga kiriş uçun birinçi majburiy badalning özi 200 ming AQŞ dollari qiymatida belgilangan. Bir marta kiriş uçun 700 AQŞ dollari, yiliga esa 15 ming AQŞ dollari tölaş kerak. Xullas, AQŞ prezidentini qişki ta'tilda Floridaning qimmatbaho golf klubidan topiş mumkin.

Haqiqiy nemisça xarakterga xos harakat
Germaniya kansleri Angela Merkel xonim turmuş örtoği bilan Alp toğlarida dam olişni ma'qul köradi. Bu OAV va jamoatçilik uçun yangilik emas, negaki, u bir neça ön yildan buyon qişki ta'tilni Şveytsariya toğlarida ötkazişni xuş köradi. Aytgança, 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Merkel xonim faqat Germina brendidagi toğ çanğisidan foydalangan.

Norfolk qasridagi qirollik oilasi
Buyuk Britaniyada ham ajoyib an'anaga uzoq yillar davomida şakllanib bormoqda: qiroliça Yelizaveta II turmuş örtoği şahzoda Filipp bilan qişki ta'tilni maroqli ötkaziş uçun Sandrigemdagi Norfolk qasriga yöl olgan. Uşbu qasr qiroliçaning şaxsiy mol-mulki hisoblanadi.


















