“Markaziy bank töğrisida”gi Qonunga qöşimçalar kiritildi. Tuzatişlar 3.01.2018 yildagi “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillaştirilişi, şuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş kafolatlarini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonun bilan kiritilmoqda.
Norma.uz’ning yozişiça, Markaziy bank özi belgilagan şartlarda banklarga kredit berişga haqli. Bunday kreditlar oltin, valyuta boyliklari, davlat qarz majburiyatlari, tijorat veksellari va hokazolar ta'minoti ostida beriladi.
Tuzatişlarga köra, banklarda likvidlilik tanqisligi yuzaga kelgan, garov aktivlari esa mavjud bölmagan hollarda Markaziy bank banklarga qisqa muddatli ta'minotsiz kreditlar berişga haqli. Bu holatda kreditlaş tartibi va şartlarini Markaziy bankning özi belgilaydi hamda ularni OAVda, şuningdek öz rasmiy saytida e'lon qiladi.
Ma'lumot uçun: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarida qöllaniladigan terminologiyaga binoan likvidlilik deganda depozitlardan mablağlar yeçişni tölaş va tölov muddati yuzaga kelganda barça boşqa moliyaviy majburiyatlar böyiça javob beriş uçun yetarli mablağlar mavjudligi tuşuniladi.
Lidvidlilik koeffitsiyentlari barça banklar uçun majburiy bölgan iqtisodiy normativ sifatida Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Qonun 5.01.2018 yildan kuçga kirdi.

















