Jahon | 17:40 / 06.01.2018
9507
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainaning strategik maqsadlarini ma'lum qildi

Foto: EPA

Ukrainaning Yevropa ittifoqi va NATOga a'zo bo‘lishi mamlakat uchun strategik maqsad bo‘lib qolishda davom etadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko «Novoye vremya» va «The Economist Mir» nashrining maxsus soni uchun yozgan maqolasida ma'lum qildi.

«Yevropa ittifoqidagi a'zolik, NATOga kirish, albatta, bizning strategik maqsad bo‘lib qoladi», - deya aytib o‘tdi Ukraina yetakchisi.

Shu bilan birga, Poroshenkoning tan olishicha, bu «2018 yilda yuz bermasa kerak».

«Faqat shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, men bu maqsadlarga haqiqatdan ham erishish mumkin, deb hisoblayman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid