Saudiya Arabistoni hukumatining ma'lum qilişiça, podşohlik saroyida yuz bergan noroziliklar tufayli qölga olingan 11 nafar şahzoda sud oldida javob beradi. Bu haqda Bi-bi-si mamlakat boş prokurori Saud Al-Mojibaga tayangan holda xabar bermoqda.

Juma kuni Saudiya Arabistonidagi podşohlik saroyida yuz bergan noroziliklar tufayli 11 nafar şahzoda qölga olingani xabar berilgandi. Norozilik bildirgan şahzodalar podşoh Salmon bin Abdul Aziz Ol Sauddan tegişli buyruqni bekor etişni talab qilişgan. Unga köra, şahzodalar hisoblaridan suv va elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş töxtatilişi lozim. 

Şahzodalarning ma'lum qilişiça, qotillikda ayblangan hamda uç yil muqaddam qatl etilgan amakilarining öğillari ölimi uçun ham tovon puli olişni xohlaydilar.

Podşohlik gvardiyasi norozi bölganlarni ular saroyni tark etişdan boş tortişgaç, hibsga oldi. Şahzodalar «Al-Xayr» qamoqxonasida sudga qadar hibsda saqlanmoqda, ularning ismi oşkor etilmayapti.